Misr ehromlari

Misr ehromlari.





Misr ehromlari (piramidalari) – Misrda joylashgan toshdan yasalgan qadimiy binolar hisoblanadi.
Ularning soni hozirgi kunga kelib 120dan ziyod va hozirgi vaqtda ham ularni izlash ishlari olib borilmoqda. Ehromlarnig ko’pchikligi qadimgi va o’rta davr firavnlarini dafn qilish uchun joy sifatida qurilgan. Biz bilgan ehromlarning orasidagi eng qadimiysi arxitektor Imxotep qurgan  Josser ehromi bo’lib taxminan eramizdan avvalgi 2667-2648-yillarda qurilgan, u Sakkarada joylashgan. Eng mashxur ehromlar Qohira va Giza chekkalarida  joylashgan va ular hanuzgacha insoniyat qo’li bilan qurilgan eng katta qurilish sifatida sanaladi. 
Xeops ehromining kesmasi

Xeops ehromi Misrdagi eng katta ehrom va u dunyoning yettimo’jizasi qatoriga kiritilgan.

E’tiboringizni ehromlar haqidagi quyidagi faktlarga qaratmoqchimiz: 
  •  Har biri 20 tonna og’irlikdagi toshlardan insho etilgan. Bu toshlar esa yuzlarcha km uzoq masofalardan keltirilgan.
  •  Piramida kimning nomiga qurilgan bo’lsa, uning mumiyasi turgan xonaga yilda faqat 2 marotaba quyosh nuri tushadi, tug’ilgan kuni va taxtga o’tirgan kuni.
  •  Piramidalar ichidagi mumiyolangan jasadlardagi radioaktiv nurlar tufayli ilk bor topgan 15 olim Saraton kasalligidan vafot etgan.
  •  Piramidalar ichida, piramidalar toshlarining ichidagi metal rudalari sabali piramida ichida radio aloqa va ultratovuch apparatlari umuman ishlamaydi.
  •  Qandaydir noma’lum sabablarga ko’ra o’simlar juda tez o’sadi va eng qiziqarlisi shundaki, tez o’sgan o’simlilar juda tez nobud bo’ladi.
  •  Piramidaning ba’zi xonalarida nima borligi haqida umuman ma’lumot ham bir ishoralar ham yo’q, ilmiy izlanuvchilar piramida ichida adashib yoki bir joyda aylanib yurdilar, lekin ichki xonalarni ko’rolmadilar.
  •  Piramidalarning ichki harorati tashqi iqlim sharoitiga teskari. Ya’ni qishda issiq, yozda sovuq.
  •  Jaroxatlangan joylar piramida ichida tez tuzaladi.

Xulosa


Misr ehromlari o’zida hali qanchadan-qancha sir-u asrorlarni o’z ichida saqlab kelmoqda. Insoniyatning aqli tobora rivojlanayotgan, shuncha kashfiyot-u topilmalarni topayotgan bir paytda piramidalar siri hali hanuz to’liq ochilmasdan kelmoqda. Lekin kelajakda albatta bu sirlarni fosh etishni insoniyat baribir yo’lini topadi.


Eng ko'p o'qilganlar