Android – bu tizim ayni paytdagi foydalanilayotgan tugmachali telefonlarni foydalanishdan deyarli chiqib ketishga sababchi bo’lgan, hamda ko’pchilik dasturchilarga va kompaniyalarga o’zining ilovasini hamda o’ynini ishlab chiqishi mumkin bo’lgan ochiq kodli operatsion tizimdir.
1. Dastlab Android operatsion tizimi Android Inc firmasi tomonidan yaratilgan. Bu firma AQSH ning KALIFORNIYA shtatida joylashgan bo’lib, 2003 yilda Andy Rubin, Chris White, Nick Sears va Rich Miner tomonidan tashkil etilgan. Android Inc firmasi o’z ishfaoliyati davomida 2 ta 1.0 Astro va 1.1 Bender(mashhur robotlar nomi) chiqarishga muyassar bo’ladi.
2. 2005 yil, Google kompaniyasi Android Inc firmasini 130 mln. Dollarga sotib oladi va o’zi bu operatsion tizimni chiqarishni davom ettiradi.
3. Bu mobil operatsion tizimi, Linux operatsion tizimi yadrosida yaratilgan bo’lib, bu tizim uchun ataylab Droid shrift o’ylab topilgan.
4. 2007 yil 5 noyabrda, Androidni ommaga tanishtirish marosimi bo’lib o’tgan, lekin dastlabki Android 1.0 versiyasi 2008 yil 23 sentyabrda foydalanuvchilarga taqdim etilgan.
5. 2008 – yilda Android operatsion tizimining kodlari ommaga taqdim etilgan va u 2.1GB hajmni egallagan.
6. Dastlabki Android operatsion tizimida ishlagan aqlli telefon (smartphone) nomi HTC T-Mobile G1(HTC Dream) dir.
7. Statistika bo’yicha hozirgi kunda har 3 ta aqlli telefondandan biri Android operatsion tizimida ishlaydi.
8. Android foydalanuvchilari soni 2 milliarddan oshganligi haqida ma’lumotlar mavjud bo’lib, eng ko’p foydalanuvchilar AQSH va Rossiya davlatlariga to’g’ri keladi.
9. Elektron magazine bo’lmish, Google Market da 700mlndanko’p android operatsion tizimi uchun ilovalar mavjud.
10. Android dan ko’proq erkaklar foydalanishar ekan va bu ko’rsatkich 73% ni tashkil qilishini bilmas edim.
Ma’lumot o’rnida aytib o’tish kerakki, ishlab chiqilgan barcha yangi dasturlar himoyasi, dasturchilar (Programistlar) tomonidan kim tez buzish bosqichidan o’tadi. Android ham bu bosqichdan chetda qolmadi. Bu tizimni buzish uchun 1 oydan kamroq vaqt talab etildi. Buzishga erishgan dastlabki, dasturchi Justin Case bo’lib, u bitta patch(ma’lum bir algoritmlar ketma-ketligini o’z ichiga olgan dastur) orqali operatsion tizimdagi barcha dasturlarni tekin (free) ishlatishga erishdi.
Har bir yangi android versiyasi, talqin (versiya) nomeri bilan birga ma’lum bir nom bilan chiqadi. Bu nomlarning barchasi shirinliklar bilan bog’liq. Faqatgina dastlabki Android Inc firmasi tomonidan chiqarilgan 2 ta versiya robotlar nomiga qo’yilgan. Yana bir qiziq tomoni shundaki, bu shirinlik va robot nomlari ingliz tili alifbosi bo’yicha nomlangan. Bu nomlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Talqin (versiya) raqami – Nomi – Ommaga taqdim etilgan yili
V1.0.0 –Astro – 2007
V1.1.0 – Bender – 2008
V1.5 – Cupcake – 2008
V2.2 – Froyo – 2009
v2.3.3 – 2.3.7 – Gingerbread – 2010
V3.0 – Honeycomb – 2010
v4.0.3 – 4.0.4 – Ice Cream Sandwich – 2011
v4.1.0 – 4.3.9 – Jelly Bean – 2012 – 2013
v4.4 – Kitkat – 2013
v5.0 – 5.1 – Lollipop 2014 - 2015
v6.0 – Marshmallow – 2015
v7.0 – 7.1 – Nougat – 2016
v8.0 – Oreo – 2017 (so’ngi talqin)
Bundan tashqari android tizimida faqatgina telefonlar emas balki planshet va kompyuterlar ham ishlaydi. Bu tizim asli ildizi java DT. Google kompaniyasi Androidni yangi talqinini chiqarishni butkul to’xtatdi. Ayni paytda Google kompaniyasi Yangi Fuchsia nomli operatsion tizimni tez orada ommaga havola etmoqchi. Ushbu yangi operatsion tizim haqida Bu Yerdan bilib olishingiz mumkin.
Xulosa
Android operatsion tizimida ishlovchi telefonlar hali hanuz bozorda haridorgir telefon sifatida bozorlarni to’ldirib kelmoqda. Hozirgi kunda 10dan ziyod kompaniyalar masalan Samsung, LG, Xuawei va h.k.z hattoki o’zmizni milliy Artel telefonlarining aksariyat qismi ham ushbu tizimda ishlaydi. Xulosa so’ngida shuni aytish kerakki android tizimi tarixga kirishi aniq edi. Chunki, android OT(operatsion tizim) yaratilganiga 12 yildan oshdi. Zamon rivojlanyapti yil sayin emas har laxzada yangi kashfiyotlar. Bugun emas erta baribir bundanda kuchliroq, bundanda oson va qulay bundanda, ishonchliroq tizim ishlab chiqilmasligiga hech kim kafolat bera olmaydi.
Ma’lumotlar Google rasmiy saytidan SmilodoN guruhi to’pladi va tarjima qildi.